2 833
Fransiyaning Aircraft kompaniyasi O‘zbekistonga kamxarj samolyotlar yetkazib bermoqchi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida dunyoda samolyotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Fransiyaning ATR Aircraft kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kompaniya asosan 50-90 o‘ringa mo‘ljallangan samolyotlar ishlab chiqarib, jahonning 100dan ortiq davlatiga yetkazib beradi. Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan 2 xil turdagi havo kemalari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taklif etilayotgan samolyotlarning eng asosiy afzalligi sifatida yoqilg‘i tejamkorligi va uzoq muddat ekspluatatsiya qilinishi aytildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan ushbu samolyotlar boshqa havo kemalariga nisbatan past shovqinli bo‘lib, deyarli ikki barobar kamroq yoqilg‘i sarflaydi. Bundan tashqari, ulardan turli noqulay iqlim sharoitlarda, qattiq qoplamasiz aerodromlarda ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Uchrashuvda bu turdagi samolyotlardan mamlakat ichki reyslari va qo‘shni respublikalarning 1000 km masofagacha bo‘lgan hududlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Muloqot yakunida tegishli vazirlik va idoralar shuningdek yangi tashkil etilayotgan Humo Air aviakompaniyasi bilan ushbu takliflar doirasida fikrlashib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ishonch bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi