Internetda ikki yosh yigit ehson qutisidan pul o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqatilgan edi.
IIBB tomonidan xabar qilinishicha, darhaqiqat, 8 fevralda Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi «Abu Hurayra» masjidi qorovulidan murojaat kelib tushgan. Masjid imom xatibi ehson qutisida taxminan 300 ming so‘m miqdorida pul bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘irlik jinoyati 5 fevraldan 6 fevralga o‘tar kechasi bo‘lgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yoshli Mirzohid D. amalga oshirgan.
Ular ehson qutisini ochib, so‘ngra yashirinishgan. Keyinroq pulni bo‘lib olishgan. Ularning har biriga 215 ming so‘mdan tushgani aytilmoqda.
Suhrobjon va Mirzohidlar Ma’muriy kodeksning 61-moddasi («Kichik o‘g‘irlik») bilan ayblanmoqda va ularning ishi Uchtepa tuman ma’muriy sudiga yo‘naltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi