Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, «Yunus Rajabiy» mahallasida ko‘p yillik 81ta daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesilgani holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar o‘rganilib, aybdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, bugun soat 16:00da Toshkent shahar prokuraturasida mutasaddi idoralar ishtirokida mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Toshkent shahar prokurorining 23 fevraldagi buyrug‘i bilan Yakkasaroy tuman prokurori N.A.Allabergenovaga o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, tumanda qonunlar ijrosi ustidan yetarli prokuror nazoratini o‘rnatmagani uchun hayfsan e’lon qilindi», deyiladi shahar prokuraturasi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy mahallasi hududida 81 tup daraxt kesib tashlanganini aniqladi.
Bugun, 23 fevral kuni Toshkent shahar prokuraturasi «Building And Supplies» MCHJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 tup daraxt qonunga zid ravishda kesilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani haqida ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani hokimligi va «Building And Supplies» MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dov-daraxtlarni kesishga ruxsatnoma bergan Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari A.Sattarov jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan, «Building And Supplies» MCHJ rahbari A.Qodirovga ayblov e’lon qilingan. Dastlabki tergovda ayblanuvchilardan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi