
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro M.O.ning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida ushbu shaxs yuklari orasida 765 dona sifati kafolatlanmagan turli xildagi dori vositalarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar