
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxona nazoratidan chetlab olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketayotgan “Mercedes Benz” rusumli avtotransport vositasi avtotarozida o‘lchanganida yo‘l yuk xujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha og‘irlikka ega ekanligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi hamda mazkur avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijasida, yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha 2,6 tonna anorlarni hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda mamlakatimizdan olib chiqayotganligi aniqlandi.
Mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy qiymati salkam 40 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar