date
views 2 975

Qishloq xo‘jaligida barcha turdagi xo‘jaliklar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi

Qishloq xo‘jaligida barcha turdagi xo‘jaliklar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 dekabrga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish konsepsiyasini tasdiqlanadi:
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning tashkiliy-huquqiy asoslari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bosqichlari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va ularning vazifalari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish vaqti va uni amalga oshirish mexanizmlari;
- qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini moliyalashtirish tadbirlari nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qishloq xo‘jaligida barcha turdagi xo‘jaliklar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi