10:29 / 25.02.2020
2 932

Sud xodimlari ta’lim dargohida

Sud xodimlari ta’lim dargohida
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, Yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi va tuman ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda, Navbahor tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmonining mazmun-mohiyati hamda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar yangi pog‘onaga ko‘tarilgani, yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratilayotgani haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalar davlat siyosati darajasida ekanligi haqida huquqiy tushuntrishlar berildi.
O‘quvchilar tomonidan sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlarga oid masalalar yuzasidan berilgan savollarga, tadbir ishtirokchilari javob qaytarishdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
arxivariusi
Sh.To‘raqulov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud xodimlari ta’lim dargohida