12:48 / 25.02.2020
2 908

O‘zbekiston Ukraina bilan avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Ukraina bilan avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklashni rejalashtirmoqda
Kiev shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini hamda "Toshkent-Xarkov-Toshkent" temir yo‘l liniyasini tiklash masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati.

Forum doirasida shuningdek, joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqilgan va bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va o‘simliklar karantini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina infratuzilma vaziri o‘rinbosari Oleg Yushenko O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Abdualiyev bilan uchrashuvda, Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarning qisqa vaqt ichida tiklanishidan manfaatdor ekanligini aytgan edi.

Toshkentdan Kiyevga qatnaydigan reyslar 2015 yilda ikki mamlakat aviatsiya hukumati o‘rtasida kelishuv mavjud emasligi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.
2019 oktabrida aviaqatnov tiklanishi kutilgan edi, ammo ukraina tomoni oxirgi daqiqalarda o‘z qarorini bekor qilganligi haqida xat yo‘llagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Ukraina bilan avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklashni rejalashtirmoqda