3 246
Nottingem universiteti bitiruvchisi A.Avloniy nomidagi institutda o‘z faoliyatini boshladi
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi saytida ma’lum qilindi. Buyuk Britaniyaning Nottingem universiteti bitiruvchisi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘z faoliyatini boshladi.
Ravshan Ahmedov A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogik xizmatlar markazi”ga yangi direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.
2010-2014 yillarda Ravshan Ahmedov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” fakultetida tahsil olgan. 2018-2019 yillarda Buyuk Britaniyaning Nottingem universitetida “Ta’limda liderlik va ta’limni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Hozirda Ravshan Ahmedov malaka oshirish tizimini xalqaro tajriba asosida malaka oshirishning kredit-modul tizimini joriy etish, maktab rahbarlari uchun milliy kasbiy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish loyihalari ustida ishlamoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligidagi kadrlar salohiyatini oshirish va islohotlarni jadallashtirish maqsadida xorijda ta’lim olgan yoki faoliyat yuritgan mutaxassislar sohaga jalb qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi