
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida fuqaro S.X.ga tegishli bo‘lgan xususiy uyda qariyb 669 million so‘mlik tibbiy niqoblarning yashirin ombori topildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) matbuot xizmati.
Qo‘mitaning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir davomida uy yerto‘lasida sifati kafolatlanmagan va tegishli sertifikati bo‘lmagan tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda saqlanayotganini aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejasi bo‘lgan. «Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda», — deyiladi DBQ axborotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar