
Videotasvirlarda o‘zini Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “Nurafshon” mahallasi Nurafshon ko‘chasi 102 uyda yashashi haqida ta’kidlab, ukasi 1-guruh nogironligi bo‘lgan Matkarimov Hayrullani joriy yilning 20-21 fevral kunlari Bektemir tumani Barkamol ko‘chasida Rajabov Bahrom ismli Bektemir tumani IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘ziga tegishli xizmat avtomobilida kelib, ukasiga tan jarohati yetkazganligi bilan birga haqorat qilib ketganligini aytib, yordam so‘ragan.
Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berilishi uchun Bektemir tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.
Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Toshkent shahar bo‘yicha bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar