14:13 / 03.03.2020
4 227

«Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi

«Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligini, bu borada tarqalgan xabarlar asossizligini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.

Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmasliklarini, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi