Skrinshot: «Zamon» informatsion dasturi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudida mast holda kafe orqasida yarim tunda 74 yoshli ayol Nadejda Kutyanani shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Sharif Otaboyevga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berilgan.
Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u ayoldan dam olishi uchun qayerdan fohishalar topishi mumkinligi haqida so‘ragan, ayol unga qo‘pol javob qilib borib onang bilan dam ol deb aytgan. Oqibatda g‘azablangan yigit ayolga hujum qilgan va uni ko‘chada tosh, qo‘liga ilingan har qanday buyum bilan ayovsiz kaltaklab jabrdiydaning o‘limiga sababchi bo‘lgan.
Skrinshot: «Zamon» informatsion dasturi
Viloyat sudida Sharif Otaboyevning avval ya’ni, 2018 yilda talonchilik jinoyatini sodir etib sudlangani va unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani oydinlashdi.
Qotillikni sodir etgan fuqaroga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «Qasddan odam o‘ldirish» jinoyatni aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni bezorilik oqibatida o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish oqibatida sodir etilgani qayd qilinib 19 yil, avval besh yil muddatga belgilangan ozodlikni cheklash jazosining muddati tugamagani tufayli aybdorga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”