17:08 / 04.03.2020
2 909

Bojxonachilar 60 000 qalbaki dollarni fosh etishdi

Bojxonachilar 60 000 qalbaki dollarni fosh etishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan qalbaki valyuta boyliklarining yurtimizga kirib kelishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan va yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning bezovtalanishi bojxonachilar e’tiborini tortdi hamda ushbu shaxsning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, bir qarashda ko‘rpadek ko‘ringan narsaning ichida g‘ayrioddiy jismlar borligi aniqlandi va sinchiklab tekshirish natijasida ushbu jismlar folgaga o‘ralgan hamda karton qog‘ozlar ichiga solingan 60.000 AQSH dollari ekanligi aniqlandi.

Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning seriya raqamlari bir xil bo‘lib, ularning barchasi qalbaki ekanligi fosh bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 60 000 qalbaki dollarni fosh etishdi