
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning oshib borishi tabdirkorlar tomonidan shu mahsulotlarning ishlab chiqarilishiga qiziqishning ortishi sabab bo‘ladi.
Bunda, halol tadbirkorlar o‘z faoliyatini har qanday vaziyatda to‘g‘ri tashkil qilgan holda soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab, energiya resurslaridan oqilona foydalanib ish yuritsa, ayrimlari yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalanib qolishga harakat qilib, qing‘ir ishga qo‘l uradi, energiya resurslariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, o‘z faoliyatiga nuqta qo‘yadi yoki yirik miqdordagi jarima va yetkazilgan zararni qoplashiga to‘g‘ri keladi.
Byuroning Urganch tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Urganch yog‘-moy” AJga qarashli, Urganch tumani, “Ko‘ng‘irot” mahallasida joylashgan issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Natijada mutaxassislar tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz miqdori qayta hisob-kitob qilinib, tuman gaz idorasiga
69,0 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlanib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida mazkur zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar