
"Navbahor"ning rossiyalik himoyachisi Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi.
Golban yurtimizda istiqomat qilayotganiga bu yil 5 yil to‘ldi va O‘zbekiston fuqaroligini olish bo‘yicha barcha hujjatlarni tayyorlagan. Yaqin kunlarda u O‘zbekiston pasportini oladi.
O‘tgan yil O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Igor Golbanning imkoniyatlarini yaxshi bilishini va agar fuqarolikni olsa, terma jamoaga chaqirib sinab ko‘rishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Golban O‘zbekistondagi faoliyati davomida "Qo‘qon-1912", "Navbahor", "Nasaf" va 2018 yildan boshlab yana "Navbahor" sharafini himoya qilib kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar