
Toshkent xalqaro aeroportida farg‘onalik N.X. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Aytilishicha, u Turkiyada yashovchi «Kadir» ismli tanishi bilan oldindan til biriktirib, 1999 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan N.A.ni (qiz) fohishalik qilish uchun Istanbulga jo‘natishni rejalashtiradi. Shu maqsadda qizga «Toshkent-Istanbul» avia yo‘nalishi bo‘yicha chipta olib, shaxsan o‘zi kuzatayotganda departamentning Farg‘ona shahar va IIB bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida mazkur jinoyat ishi bog‘liq boshqa holatlar ham aniqlanishi ehtimoli yuqoriligi aytilayotir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar