8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oila qo‘rg‘onini mustahkam himoya qilish hamda ayol harbiy xizmatchilarning salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy ayollar o‘rtasida “To‘maris avlodlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Har biri 6 shartdan iborat ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlov xavfsizlik sohasida xizmat qilayotgan iste’dodli, zukko, harbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan xotin-qizlarni tanlab olishga qaratildi. Unda ayollarning nafaqat aqliy salohiyatlari, balki jismoniy epchilliklari ham sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezoni asosida odilona baholandi. G‘oliblar maxsus diplom va pul mukofotlari hamda kasbiy faoliyatda va farzandlar tarbiyasida zarur bo‘ladigan kitoblar bilan taqdirlandilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi