
Buyuk Britaniya hukumatidagi bemor xavfsizligi, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va ruhiy salomatlik bo‘yicha vazir o‘rinbosari Nadin Dorris yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Daryo sayti xabar berdi.
Dorrisning so‘zlariga ko‘ra, testlar unda koronavirus borligini ko‘rsatgach, u xavfsizlik choralarini ko‘rgan va uyida o‘zini o‘zi izolyatsiyalagan.
The Guardian’ning xabar qilishicha, Dorris o‘tgan hafta Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning qabulida bo‘lgan. Shuningdek, u parlament va vazirlikdagi yuzlab odamlar bilan uchrashgan. «Angliya sog‘liqni saqlash xizmati aloqalarni batafsil tekshirishni boshladi va departament hamda parlamentdagi ofisim ularning masalahatini bajarmoqda», — deydi vazir o‘rinbosari.
Avvalroq Portugaliya prezidenti koronavirus sabab ikki haftalik karantinga ketgani, Italiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i virus bilan kasallangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus aniqlangan edi.
Britaniya Hukumatidagi BemorCOVID-19 KoronavirusNadin DorrisSog‘liqni Saqlash VazirligiIzolyatsiya ChoralariniAngliya Sog‘liqni Saqlash Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar