
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun, 14 mart kuni soat 11.15larda Toshkentdagi avtoservislarning birida portlash sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservisda kislorod yoki gaz balloni portlagan. Natijada xizmat ko‘rsatish binosi tomining bir qismi qulab tushgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Portlash yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sabab bu — kislorod ballonidan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi. Hodisa joyida yong‘in ro‘y bermagan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari voqea joyida ishlashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar