2 472
Bojxonachilar 4 ta yengil avtomashinalariga ortilgan 2,4 milliard so‘mlik dorilarni to‘xtatib qolishdi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida 4 nafar fuqarolar boshqaruvidagi 2 ta Lasetti, Jentra va Spark yengil avtotransport vositalari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxslar avtomashinasiga ortilgan 13 turdagi onkologik va boshqa kasalliklar uchun mo‘ljallangan dori vositalarining sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta tegishli hujjatga ega emasligi aniqlandi.
Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, avtotransport vositalaridagi dori vositalarining barchasi fuqaro O.D. ga tegishli bo‘lib chiqdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan dori vositalarining umumiy qiymati 2 mlrd. 115 mln. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat bojxonachilari tomonidan Toshkent tumanida aniqlangan yana bir holatda fuqaro S.P. boshqaruvidagi avtotransport vositasi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada avtomashina saloni va yukxonasiga muqaddam aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan umumiy qiymati 242 million so‘mlik 27 turdagi 1087 dona turli nomdagi biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari ortilgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti