15:31 / 15.03.2020
3 572

Navro‘z sayllari bekor qilindi

Navro‘z sayllari bekor qilindi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus tufayli Navro‘z sayllari bekor qilingani haqida ma’lum qildi.

Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekistonda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro‘z bayrami doirasidagi umumxalq sayllari bekor qilinadi. Bu haqda 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, sport tadbirlari ommaviy marosimlar: uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilingan.
Hozircha bayram tadbirlari qachongacha qoldirilgani ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navro‘z sayllari bekor qilindi