Barchamizga ma’lumki, jahon hamjamiyatini havotirga solgan koronavirus kecha yurtimizga kirib kelgani rasman ma’lum qilindi hamda hukumatimiz tomonidan koronavirus xavfi sababli Respublikamizda karantin e’lon qilindi. Shundan so‘ng, ba’zi fuqarolarimiz orasida sarosima paydo bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlashga ilinjida o‘zlarini bozor, savdo koplekslari va do‘konlarga ura boshladi.
Afsuski, xalqqa kelgan og‘ir sinovdan ham o‘z nafsi yo‘lida foyda ko‘rib qolishga urinadigan tadbirkorlar ham uchramoqda. Ana shunday “uddaburon” tadbirkorlarni faoliyati chek qo‘yish oziq-ovqat mahsulotlari narxini oshib ketishi yo‘l qo‘ymaslik borasida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan zarur chora-tadbirlar olib borilyapti. Xususan, barcha tuman va shaharlarda maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular dehqon bozorlari va savdo koplekslarida oziq-ovqat mahsulotlarini asosiz ravishda oshirib yuborilishiga qarshi kurashish borasida ko‘lamli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Kezi kelganda aytish kerakki, ishchi guruh vakillari bugun erta tongdan bozorlar va savdo komplekslariga borib, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, ulardan narx-navoni sun’iy ravishda ko‘tarmaslik bo‘yicha kafolat xati olindi. Qisqasini aytganda barchasi nazoratga olinib rastalardagi mahsulotlar belgilangan narxlar asosida sotilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, karantin e’lon qilingan shu davrda barchamiz sarosima va ortiqcha vahimaga berilmasdan hamjihatlikda, xotirjam va sabr bilan yengishga harakat qilinsa foydaliroq bo‘ladi. Daromad topishni o‘ylab adashgan tadbirkorlarimiz safida, vaziyatni teran anglagan ko‘plab tadbirkorlarimiz vijdon amri bilan savdo qilib xaridorlarning duolarini olishayotganini e’tirof etish joiz.
ESLATMA: agar siz ayrim insofsiz tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga guvoh bo‘lsangiz, Davlat soliq qo‘mitasining (71) 244-98-98 "Ishonch telefoni” yoki qisqa “1198” raqamli Sall-markazga, shuningdek, Federatsiyaning “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Toshkent viloyati DSB axborot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi