DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida «Sirdaryo dori dormon» MCHJda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlovchi "O‘.T." muqaddam sud qaroriga ko‘ra yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan 70 mln. so‘mlik dori vositalarini o‘zining yashash manzilida 15 mln. 480 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, chet elda ishlab chiqarilgan, muomalada cheklangan va saqlash muddati tugagan 30 turdagi jami 500 qutiga yaqin dori-darmonlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Bundan tashqari tezkor tadbir doirasida «Sirdaryo dori darmon» MCHJda saqlanayotgan dori vositalariga tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirilganda viloyat Bojxona boshqarmasining Sirdaryo chegara bojxona posti surishtiruvchisi va Guliston shahar Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi tomonidan imzolangan dori vositalarining yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar borligi aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, "O‘.T." mazkur dalolatnomalarni imzolagan bojxona va majburiy ijro byurosi xodimlari bilan o‘zaro kelishgan holda sifatsiz va yaroqlilik muddati tugagan dori vositalarini belgilangan tartibda yo‘q qilmasdan, shaxsiy manfaat yo‘lida ularni qayta muomalaga kiritishga uringan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi