10:18 / 18.03.2020
3 887

Mo‘may daromad orttirishga urinmoqchi bo‘lgan “uchar tadbirkor”larning vijdoniga o‘t tushganmi?

Mo‘may daromad orttirishga urinmoqchi bo‘lgan “uchar tadbirkor”larning vijdoniga o‘t tushganmi?
Shu kunlarda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin e’lon qilinganligi munosabati bilan barcha joylarda oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlarining sun’iy oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Jumladan Buxoroda ham davlat soliq organlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda viloyat hududidagi bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshib ketishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramay, ayrim “uchar tadbirkorlar” aholining sarosimaga berilganidan foydalanib mahsulotlar narxini oshirib sotishga urinish holatlari ham ko‘zga tashlanmoqda.

Bu haqda viloyat davlat soliq organlarining “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaat yuzasidan Buxoro shahridagi “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ulgurji sotish” bozorida davlat soliq organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro Ulug‘bek Komilovning kartoshka mahsulotini 5000 so‘mdan sotayotgani o‘z tasdig‘ini topdi.

Aniqlanishicha, Ulug‘bek Komilov “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ulgurji sotish” bozoridagi ulgurji sotuvchilardan 20 qop kartoshka mahsulotini 3000 so‘mdan xarid qilib uni shu bozorning o‘zida 5000 so‘mdan pullayotgan ekan. Surishtiruvlar davomida uning tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan hujjatsiz faoliyat yuritayotgani ham aniqlandi.
Ushbu bozorda aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan holatni vujudga keltirayotgan, ya’ni kartoshka mahsulotini qimmat narxlarda sotayotgan fuqaro Esanov Jaloliddin ham hujjatsiz tadbirkor bo‘lib chiqdi.

Achinarlisi, “o‘rog‘da yo‘q mashoqda yo‘q” deganlaridek, shu kunlarda aholining sarosimaga tushib kartoshka mahsulotiga bo‘lgan talabi ortganidan kelib chiqib mo‘may daromad orttirishga urinmoqchi bo‘lgan ushbu “uchar tadbirkor”ga mazkur bozor ma’muriyati xodimlari uning hujjatsiz tadbirkor bo‘lishiga qaramay savdo qilish uchun joy ajratib bergan.

Davlat soliq xizmati xodimlari shu kuni ushbu hujjatsiz tadbirkorlar bilan olib borgan profilaktik suhbatlari natijasida ular o‘z aybini tan olib, darhol “Davlat xizmatlari” markazidan tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdilar va bundan keyin vijdon amri bilan savdo-sotiq qilishga va’da berdilar.

Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mo‘may daromad orttirishga urinmoqchi bo‘lgan “uchar tadbirkor”larning vijdoniga o‘t tushganmi?