18:53 / 18.03.2020
3 880

Koronavirus turli jismlar yuzasida 72 soatgacha yashashi mumkin

Koronavirus turli jismlar yuzasida 72 soatgacha yashashi mumkin
Foto: Reuters
Olimlar yangi koronavirusni ko‘pchilik jismlarning yuzasida 72 soatgacha yashashini aniqlashdi. Britaniyalik mutaxassislarning bu haqdagi izlanishlari natijasini The New England Journal of Medicine e’lon qildi.

Tadqiqotchilar pandemiya keltirib chiqargan SARS-CoV-2 virusi bilan uning o‘tmishdoshi SARS-CoV-1 virusini turli sharoitlarda qanday tarqalishini taqqoslab ko‘rishdi.

Aniqlanishicha, har ikkala virus deyarli bir xil xususiyatga ega. Ularning plastik va zanglamas po‘lat jismlar yuzasida yashash qobiliyati yaxshiroq, mis yoki karton ustida esa yomonroq.

Shuningdek, kasallik keltirib chiqaruvchi virus havoda uch soatgacha saqlanib turadi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bu uning havo-tomchi yo‘li bilan yuqish xususiyati borligini tasdiqlaydi.

O‘tgan haftada Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) koronavirus infeksiyasini pandemiya - juda katta hududlarga tarqalishga qodir kuchli epidemiya deb e’lon qilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda 200 mingdan ortiq inson koronavirusni yuqtirib olgan. Ulardan 8 mingdan ortig‘i vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus turli jismlar yuzasida 72 soatgacha yashashi mumkin