20:55 / 18.03.2020
3 564

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi qator sohalarga «soliq ta’tillari» beriladi

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi qator sohalarga «soliq ta’tillari» beriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, maxsus ishchi guruh turizm, transport, farmatsevtika va yengil sanoat kabi sohalarga soliq ta’tillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qo‘llamaslik tartibini joriy qilish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda prezidentning koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaatida aytib o‘tilgan.

«Hukumat qiyin ahvolga tushishi mumkin bo‘lgan soha va tarmoqlarni, yirik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirishi zarur.

Bu jarayonda, avvalo, moliya va xomashyo bozorida beqarorlik yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narx-navo o‘sishining oldini olish zarur.
Uchinchidan, iqtisodiyotimizning bazaviy va hal qiluvchi tarmoqlari uzluksiz ishlashini saqlab qolish kerak.

Buning uchun har bir tarmoq, korxona va hudud kesimida manzilli va aniq tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, markazdan hududiy budjetlarni va aholimizni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifalarimiz bo‘lishi shart», degan prezident.

Davlat rahbari O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurash faoliyatini oshkoralik tamoyillari asosida olib borayotganini ta’kidlagan.
«Jahon jamoatchiligini ham, xalqimizni ham vaqtida xabardor etib boryapmiz. Kerakli choralarni yanada kuchaytiramiz», degan Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi qator sohalarga «soliq ta’tillari» beriladi