«Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4642-son, 17.03.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi amalga oshiriladi.
Shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish Dasturning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Dasturga asosan, 2020 yilda:
— 1 maygacha avia, temir yo‘l va boshqa transport xizmatlariga elektron chiptalarni onlayn sotib olish yagona axborot tizimi joriy etiladi;
— 1 sentabrgacha barcha maktablarda jurnal va o‘quvchilarning kundaliklarini qog‘oz shaklida yuritish bekor qilinadi hamda ularni elektron tarzda yuritishga mo‘ljallangan yagona axborot tizimi ishga tushiriladi;
— 1 noyabrgacha kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni onlayn to‘lash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlikni ta’minlovchi «Mening uyim» yagona axborot tizimi joriy etiladi;
— 1 dekabrgacha «Yagona elektron tibbiy karta» axborot tizimi joriy etiladi va «Elektron poliklinika» axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi