2020 yilning 16 mart kuni soat 17:30da Buxoro viloyati Jondor tumani “Arabxona” qishlog‘ida 29 yoshli D.Ch. yashash uyini oldida hamqishlog‘i 31 yoshli J.S. bilan o‘zaro tortishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, J.S. undan nima sababdan ukasi B.S.ni urganligi haqida so‘rab, yuz qismiga ikki marotaba mushti bilan urganligi natijasida o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida D.Ch. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.S.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada J.S. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, D.Ch. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi