Dunyo adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni bilasizmi?


Ernest Xeminguyey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi bir necha so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya mana: “Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan…”
* * *
Frederik Braun eng qisqa va qo‘rqinchli hikoyani yozgan: “Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi…”
* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O. Genri ushbu hikoyasi bilan g‘olib bo‘lgan: “Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi”
OMADSIZLIK
Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
– Mister Fudjima, – dedi u, – omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan ba’zo‘r so‘radim:
– Qayerdaman?
– Nagasakida, – javob berdi u.
Robert Tompkins
OYNA
Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti – parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa – o‘sha. Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi… U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti – yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.
Alan Ye. Mayer






























Izohlar 0
…