
Foto: kp.kz
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazildi. Unda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda.
«Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda.
Davolash muassasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar