
Foto: EPA-EFE/ALEX PLAVEVSKI
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma’lum qildi.
«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov.
Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin.
«Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak», — dedi Bahrom Almatov.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar