date
views 4 139

Tamaki va alkogol – koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi

Tamaki va alkogol – koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan bayonotida tashkilot bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus koronavirus pandemiyasi davrida alkogol va chekishni tashlashni tavsiya qildi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, chekish koronavirusning jiddiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, u ovqatlanishga e’tibor berish zarurligini ta’kidladi. Foydali va sog‘lom taomlar iste’mol qilishga chaqirdi.

Shuningdek, kuniga kamida 30 daqiqa sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi, dedi JSST rahbari. U masofadan turib, uydan turib ishlayotganda uzoq vaqt bir holatda qolmaslikni, har yarim soatda uch daqiqali tanaffus qilish zarurligini ta’kidladi.

Eng muhimi va e’tibor qaratadigan jihati – bu alkogol mahsulotlarining zararidir. Oddiy hayotda ham spirtli ichimliklar salomatlik uchun o‘ta zarardir. Ammo infeksiya tarqalgan bir paytda uni iste’mol qilish odam immun tizimiga qattiq shikast yetkazadi. Oqibatda, infeksiya yuqtirib olish xavfi keskin ortadi”, dedi Tedros Adxan Gebreyesus.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki va alkogol – koronavirus yuqtirib olishni keskin oshiradi