Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan fuqaro bu yerdan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni Moskva shahridan “Moskva-Toshkent” poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida tug‘ilgan M. Abbosov epidemik vaziyatga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.
U 21 mart kuni karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.
“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin