12:37 / 22.03.2020
5 776

25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23 mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi.

23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.

Xodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga «ogohlantirish» beriladi.

25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida (223 ming so‘m), mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari (669 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi