10:50 / 24.03.2020
3 828

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.

Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi, endi Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda ham aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi