Foto: Milliy gvardiya
Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida «Gulbahor» ismli ayol o‘zini «mayor» unvonidagi «Milliy gvardiya xodimi» deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun 15.800.000 so‘m va 300 AQSH dollari miqdoridagi pul olganligi ma’lum qilingan.
U shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib, ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini undirayotgani haqida ham ma’lumotlar kelib tushgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida «Gulbahor» ismli ayol qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBBga topshirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi («Firibgarlik») va 211-moddasi («Pora berish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat