Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 25 mart kunining o‘zida poytaxtda karantin rejimiga rioya qilmagan 101 kishi aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalar, do‘konlar, shuningdek, patrul-post xizmati xodimlarining Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan jamoat joylarida kecha-yu kunduz olib borayotgan patrulliklari davomida quyidagilar aniqlandi:
tibbiy niqob taqmasdan yurgan 66 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga ko‘ra (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan uch barobarigacha jarimaga tortilishi mumkin;
25 nafar fuqaro esa uy karantinini buzib, o‘zboshimchalik bilan ko‘chaga chiqqan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan bayonnomalar tuzilgan. Ushbu modda orqali fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 23 martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar ogohlantirilmoqda. 25 martdan boshlab esa niqobsiz yurganlar jarimaga tortilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi