Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus tashxisi bilan davolanayotgan bemorlarning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi.
«Koronavirus bilan og‘riganlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanmoqda. Ularning salomatlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.
Hozirgi paytda jami 60 nafar bemorning 13 nafarida koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan pnevmoniya (zotiljam — o‘pka yallig‘lanishi)belgilari paydo bo‘lgan, tashxis rentgen tekshiruvi yordamida tasdiqlangan. Mana shu bemorlardan 4 nafarining ahvoli davolovchi mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ammo unutmasligimiz kerakki, tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Mutaxassis buyrak transplantatsiyasi qilingan bemorlarning koronavirusga chalinish ehtimoli qay darajada bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytardi.
«Nafaqat buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shaxslar, balki boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kiradi. Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikka erta tashxis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud», dedi u AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Nurmat Otabekov kasallikning onadan homilaga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganini bildirgan.
«Mavjud tibbiyot adabiyotlarda koronavirus infeksiyasini onadan homilaga o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi