17:48 / 26.03.2020
5 420

Koronavirus haqida o‘zbek segmentida tarqalgan 7 ta yolg‘on

Koronavirus haqida o‘zbek segmentida tarqalgan 7 ta yolg‘on
O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun Antifake.uz deb nomlangan Telegram kanal tashkil etildi. Kanalda asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Kanalda so‘nggi kunlarda tarqatilyotgan quyidagi xabarlaga raddiya berilgan:

1. “5 apreldan O‘zbekiston bo‘ylab barcha aeroportlar o‘z ish faoliyatini tiklaydi” — YOLG‘ON.
2. “Tadbirkor Fattoh Shodiyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 200 mln. dollar miqdorida moliyaviy yordam berdi” — YOLG‘ON.
3. “24 martdan boshlab 2 oy mobil aloqa, internetlar mutlaqo bepul” — YOLG‘ON.
4. “Zanjabil (imbir) iste’mol qilib yuradigan kishilarga koronavirus yuqmaydi” — YOLG‘ON.
5. “Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida ishlovchi xodim koronavirusga chalindi” — YOLG‘ON.
6. “Koronavirusning davosi topildi” — YOLG‘ON.
7. “Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilar tomonidan koronavirus infeksiyasi ataylab tarqatilyapti” — YOLG‘ON.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus haqida o‘zbek segmentida tarqalgan 7 ta yolg‘on