
Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30 mart, dushanbadan e’tiboran uchta telekanalda televizion darslar namoyishini boshlaydi.
Uzdigital TV abonentlari:
1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida,
5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida,
9-11 sinflari uchun esa «Oxota va ribalka» kanalida tomosha qilishi mumkin.
Kabel televideniye va IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.
Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.
Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.











Xalq Ta’limiTelevizion DarslarO‘zbekiston RespublikasiUzdigital TVAbonent SavollariTelevizor Xizmatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar