3 494
Prezident navbatdagi videoselektorda yana bir bor xalqqa va tadbirkorlarga murojaat qilishi kutilmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan navbatdagi videoselektorda mamlakat xalqiga murojaat qilishi kutilmoqda.
Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi vaqtida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev aytib o‘tdi.
«Koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangan 15 martdan beri prezident shu masalada bir necha marta yig‘ilish o‘tkazdi. Bir videoselektorda o‘zim ham qatnashdim.
Aytishim kerakki, ishga munosabat, odamlarni tinglashni ko‘rib qoyil qolish mumkin. Masalan, Sog‘liqni saqlash vaziri gapiryaptimi, uni 15 daqiqa uzmasdan tinglash hamisha ham kuzatilmasdi. Bilamiz, boshqa rahbarlar mutaxassisning gapini bo‘lib tashlardi.
Odam xursand bo‘ladiki, bugungi kunda professional, o‘z ishini sevadigan odam qadrlanmoqda.
Ertaga ham muhtaram prezidentimiz tomonidan videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda. Selektor masofadan, barcha viloyatlar vakillari ishtirokida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Videoselektorda prezidentimiz xalqimizga va tadbirkorlarga murojaat bilan chiqishi kutilmoqda», dedi Sherzodxon Qudratxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!