date
views 2 054

Tadbirkor manfaati MIB himoyasida

Tadbirkor manfaati MIB himoyasida
Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyat boshqarmasi va quyi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.05.2019 yildagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirkorlarning muammolarini xolisona va adolatli hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga, shu jumladan “business.gov.uz” yagona interaktiv portalidan foydalangan holda xabar berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan davrda hududiy bo‘limlarga tadbirkorlarning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq 128 ta murojaatlari ro‘yxatga olinib, 43 tasi qanoatlantirilgan, 84 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida tadbirkorlar foydasiga 4 mlrd. 806.8 mln so‘m undirildi.
Misol uchun, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining 18.12.2019 yildagi qarzdor “Buxoro ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasidan undiruvchi “Tejamkor Imkon” MCHJ foydasiga jami 610.5 mln. so‘m undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida tadbirkor foydasiga 610 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlikning to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor manfaati MIB himoyasida