Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun necha kishi chiqdi menga: kaptivada dostavka qilaman, ruxsatnoma gaplashib ber; senga shaxsiy shoferlik qilaman, amaldorsan-ku, amalla; Malibuda ishga bormasam bo‘maydi, yo‘lini qilib ber...
Doktorlarga pul berib, onkologiya, gemodializ kabi «tuynuklar»dan foydalanmoqchi bo‘lganlarni ham aytishdi. Tavbaaa, suvlar teskari oqib, bularga mashinang bilan uyda o‘tirsang, jarimaga tortilasan, deyilsa, hamma yoppasiga uyiga yotib olsa kerak :)
Bu qanaqasi, Trekeri bo‘lsa-yu, minib yurolmasa? Eng zo‘r ulovni olsa-yu, shu bir parcha qog‘ozni ololmasa? «Krutoy»ligi qayda qoladi? Yo‘q, bugunoq o‘sha stikerni toychog‘ining peshonasiga yopishtirib, instagramda maqtanmasa, ertaga mashinasi oynasidan bir qo‘lini chiqarib, viqor bilan mahallasidan haydab chiqmasa, o‘zini kechirolmaydi. Koronavirusdan o‘lsa ham mayli, alohida maqom bilan o‘lsin. Boshqalarga yuqtirishi-chi? Undan keyin dunyoni suv bosmaydimi?!
Cheklovlarni, ular foydamizgami yo zararimizga – farqi yo‘q – aylanib o‘tish odatimiz bilan ikki dunyoda korrupsiyani yengolmaymiz. Chunki tepada ham o‘zimiz, pastda ham. Bugun shu imtiyozni sotib olmoqchi bo‘layotganlar ertaga amal tegsa, imtiyozlarni sotmas ekanmi?!
Ritorik savol.
Shahnoza Soatova
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi