12:43 / 02.04.2020
2 508

Koronavirusda gumonlanib Toshkentga olib ketilgan kitoblik fransuz agronom sog‘lom ekan

Koronavirusda gumonlanib Toshkentga olib ketilgan kitoblik fransuz agronom sog‘lom ekan
Mamlakatimizda koronavirus xavfi kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilayotgan dastlabki kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi fransuz agronomda koronavirus aniqlangani mazmunida mish-mishlar tarqalgan edi.

Xabarlarga ko‘ra Kitob tumanidagi "Nasaf Agro Impeks" MCHJga qarashli intensiv bog‘da bog‘bon agronom sifatida ish olib borayotgan, 1959 yilda tug‘ilgan Yves Baranco koronavirusda gumonlanib, poytaxtga olib ketilgan edi. Ushbu xabar atrofida ba’zi mish-mishlar ham tarqalib, fransuz bilan muloqotda bo‘lgan MCHJ rahbari va boshqalar xuddiki, kasallik yuqtirib olgan degan taxminlar ilgari surilgan edi.

Kitob tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 14 kunlik karantin muddati tugab, fransiyalik agronom sog‘lom ekanligi to‘liq tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda, asli fransiyaning Tarbes tumanidan bo‘lgan, bog‘dagi hamkasblari uni IF deb ataydigan farang agronom Toshkentda, mehmonxonada istiqomat qilmoqda.
Bundan tashqari, ayni paytda bog‘bon "IF" parvarishlagan bog‘ to‘liq gulga kirgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusda gumonlanib Toshkentga olib ketilgan kitoblik fransuz agronom sog‘lom ekan