11:53 / 04.04.2020
2 526

Shavkat Mirziyoyev qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashish urfini yanada mustahkamlash davr taqozosi ekanini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashish urfini yanada mustahkamlash davr taqozosi ekanini ta’kidladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

«Koronavirus tarqab ketmasligi uchun davlat barcha choralarni ko‘radi. Ammo shu sinovli damlarda har bir o‘zbekistonlik, har bir idora, jamoatchilik vakillari bir musht bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga olib kirmaslik uchun, eng avvalo, o‘zimiz mas’ulmiz», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ayrim davlatlarda yuqori gigiyenaga asoslangan kundalik turmush tarzi, milliy urf-odatlar bu kasallikni yengishda juda muhim omil bo‘lmoqda. Jumladan, aholisi zich, qo‘shnilari bilan savdo aloqalari o‘ta rivojlangan bo‘lishiga qaramay, Yaponiya virusning keng tarqalashiga yo‘l qo‘ymadi.

Mutaxassislar «yapon fenomeni»ni ulardagi o‘ziga xos salomlashish, shaxsiy masofani saqlash, tez-tez kiyim almashtirish, yuz-qo‘lni yuvish, to‘la yuvinish, to‘g‘ri ovqatlanish, faol turmush tarzi va sport kabi 13 ta qoida va urf-odatlar saqlanib qolgani bilan asoslamoqdalar, deb yozadi Prezident matbuot xizmati.

«Bu esa bizda ham azal-azaldan mavjud — qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salomlashish, uyga mehmon kelganda qo‘lga suv quyish, jamoat joylarida masofani ushlash, meva-sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish kabi urflarimizni yanada mustahkamlashni taqozo etadi», — deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari jamoat joylarida, mahalla va xonadonlarda dezinfeksiya ishlarini muntazam davom ettirish lozimligini uqtirdi. Barcha korxona va tashkilotlar har haftada o‘z xodimlarini tizimli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turishi zarurligi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashish urfini yanada mustahkamlash davr taqozosi ekanini ta’kidladi