
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endi yurtimizda koronavirusdan zararlanish holatlari 263tani tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda: 1-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 91 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar