O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 457taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Shu tariqa, 6 aprel kuni bemorlar soni 115 kishiga ortdi. Kecha, 5 aprelda 76 kishida virus tasdiqlangan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan hududlar soni 10taga yetgan – 5 aprelda Qoraqalpog‘istonda ham dastlabki bemorlar aniqlandi.
Ayni paytgacha 30 kishi sog‘aydi. Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol (27 mart) va Toshkentda yashagan 39 yoshli erkak shifokor (28 mart).
6 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Nyu-Yorkda 50-60 yoshlardagi 2 o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) vafot etganini tasdiqladi. Bu – xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusdan dastlabki o‘lim holatlari bo‘ldi.
Avvalroq Armanistonda bir nafar, Qozog‘istonda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi virus yuqtirib olgani xabar qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shu tariqa, 6 aprel kuni bemorlar soni 115 kishiga ortdi. Kecha, 5 aprelda 76 kishida virus tasdiqlangan edi.

Izohlar 0
…