Foto: Mirishkor tuman hokimligi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tuya so‘yilib, aholiga ehson tariqasida tarqatildi. Bu haqda Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev ma’lum qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ehson tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev hamda viloyat hokimligi vakili Rashid Muhammadiyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, karantin paytida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan.
Foto: Mirishkor tuman hokimligi
Tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tumanda aholining go‘shtga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qora mol ham so‘yilib, qo‘shimcha 450 kilo go‘sht tibbiyot xodimlariga bepul tarqatilgan.
Foto: Mirishkor tuman hokimligi
«Karantin paytida aholining go‘sht va sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi jamoasi tinimsiz harakat qilmoqda», — deydi Azizbek Yazdurdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi