Jizzax viloyatida koronavirusga chalinganlar shu vaqtga qadar qayd etilmagan edi. Bugun hududda koronavirusga chalingan dastlabki bemor aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan 2020 yil 7 aprel tungi soat 02:14da 6 aprel soat 12:00 holatiga Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni va hududi to‘g‘risida bergan axborotida «Jizzax» deb ko‘rsatilgan 2 nafar bemor boshqa viloyatlarda aniqlanib davolanayotgan asli jizzaxlik bo‘lgan fuqarolardir. Ular hozir boshqa viloyatlarda davolanmoqdalar», deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farhod Ne’matov.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirusga qarshi kurash shtabining bergan oxirgi ma’lumotiga ko‘ra, 7 aprel soat 15:00 holatida Jizzax shahrida 1 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Viloyatda koronavirusning oldini olish borasidagi profilaktika ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bu borada barcha zaruriy choralar ko‘rilayapti, deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi